"Al Ittihod" transfer oynasi yopilguncha Braziliya terma jamoasi a'zosini sotib olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 06.09.2026 09:08
  • 174
  • 30

"Al Ittihod" "Zenit" hujumchisi Luis Enrike bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda mashhur insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Saudiya klubi transfer oynasi yopilgunga qadar "Feyenoord"dan Anis Hadji Mussani transfer qilishni yakunlamoqchi. Biroq, agar jazoirlik forvardni sotib olish amalga oshmasa, "Al Ittihod" Luis Enrike variantiga o'tadi. Klub braziliyalik futbolchining vakillari bilan aloqada bo'lib turibdi.

Saudiya Arabistonida transfer oynasi 7 sentyabr kuni soat 03:00 da yopiladi.

Ўхшаш янгиликлар