"Manchester Siti" bosh murabbiyi kechagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

  • Mr.NoBoDy 06.09.2026 07:56
  • 183
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska uning jamoasi "Koventri"ga qarshi o'yindagi kabi g'alabaga muhtoj bo'lganini aytdi.

"Rostini aytsam, men bu g'alabadan juda mamnunman. Buning asosiy sababi - bunday o'yinlarda 10 tadan 9 ta holatda gol o'tkazib yuborasiz.

Biz birinchi bo'limni 1:0 hisobida yakunladik, ammo yana bitta yoki ikkita ko'proq gol urishimiz mumkin edi. . 2:0 hisobida bu tamomila boshqacha o'yin bo'lardi.

Bizning birdamlik saqlaganimiz juda yaxshi bo'ldi. Autalrdan to'p o'yinga kiritilganda va standart vaziyatlarda jipslikni saqlab qoldik.

Hamma g'alabalar ham chiroyli bo'lavermaydi, biz har tomonlama aynan shunday g'alabaga muhtoj edik", - deydi Mareskaning so'zlarini "Siti" rasmiy veb-sayti.

Ўхшаш янгиликлар