Eron Pro ligasi. "Istiqlol" ishonchli g'alabaga erishdi

  • Mr.NoBoDy 23.08.2026 23:08
  • 185
  • 30

Eron Pro ligasi 3-tur doirasidagi "Istiqlol" - "Sepaxon" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida himoyachi Rustam Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov esa zaxirada qoldirildi.

“Istiqlol” 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Gollarga Yasir Asani (4-daqiqa) va Ismaili Galizada (11) mualliflik qildi.

Tehron klubi chempionatda 3 ta o'yinda 9 ochko jamg'argan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda.

2026-08-23 20.13.44.jpg

Ўхшаш янгиликлар