Olise Yamal va Kvarasxeliyani ortda qoldirdi

  • Mr.NoBoDy 18.08.2026 23:11
  • 94
  • 30

ESPN sayti dunyoning turli pozisiyalaridagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e’lon qildi. Eng yaxshi qanot hujumchilari ro‘yxatida "Bavariya" futbolchisi Maykl Olise birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rin "Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamalga nasib etdi. U joriy yozda Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi.

Kuchli uchlikni avval Rossiya Premyer-ligasida ham to‘p surgan Xvicha Kvarasxeliya yakunladi. Gruziyalik futbolchi hozirda "PSJ" safida o‘ynamoqda.

ESPN reytingida keyingi o‘rinlarni Luis Dias, Lionel Messi, Vinisius Junior, Bukayo Saka, Rafinya, Dezire Due va Jeremi Doku egalladi.

ESPN talqiniga ko‘ra eng yaxshi 10 qanot hujumchisi:

  1. Maykl Olise — "Bavariya"
  2. Lamin Yamal — "Barselona"
  3. Xvicha Kvarasxeliya — "PSJ"
  4. Luis Dias
  5. Lionel Messi
  6. Vinisius Junior
  7. Bukayo Saka
  8. Rafinya
  9. Dezire Due
  10. Jeremi Doku

Ўхшаш янгиликлар