
Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, mutaxassis jamoaning mavsum ikkinchi davrasiga tayyorgarlik rejalariga ham to'xtalib o'tdi.
Murabbiyning takidlashicha, jamoa 9 iyun sanasidan ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonlarini boshlaydi. Rejaga ko'ra, yig'inning birinchi bosqichi 9 iyundan 24 iyunga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etiladi. Mazkur yig'in davomida futbolchilar jismoniy va taktik tayyorgarlik ustida ishlashi, shuningdek bir qator nazorat uchrashuvlari ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Turkiyadagi yig'in yakunlangach, jamoa tayyorgarlikni klub qarorgohida davom ettiradi va mavsumning ikkinchi qismi oldidan so'nggi hozirlik ishlari olib boriladi.
“Oldimizda mas'uliyatli ikkinchi davra turibdi. Har bir jihatga jiddiy e'tibor qaratamiz va muxlislarimizni xursand qilish uchun puxta tayyorgarlik ko'ramiz”, – deya ta'kidlab o'tdi Islom Ismoilov.
Shuningdek, Ismoilovning ma'lum qilishicha, 8 iyul kuni “Neftchi” Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida amaldagi mamlakat chempioni - “Zenit” jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bahs zamonaviy va muhtasham “Gazprom Arena” stadionida bo'lib o'tadi va jamoa ushbu uchrashuvda mehmon sifatida ishtirok etadi.
“Zenit” - “Neftchi”
8 iyul
Sankt-Peterburg, “Gazprom Arena”