Danilo Braziliya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasiga kiritilganiga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 21.05.2026 16:11
  • 496
  • 30

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Danilo AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun milliy jamoa tarkibiga kiritilgani haqida gapirdi. Braziliya «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

«Men kundalik tartib va yaxshi odatlarning foydasiga chin dildan ishonaman. Bugungi erishgan natijalarim — ko‘p yillik mashaqqatli mehnat mahsuli. Bunday e’tirof meni quvontiradi, ammo shu bilan birga zimmamga katta mas’uliyat ham yuklaydi. Men bor e’tiborimni Braziliyaning jahon chempionatlari tarixida yangi va ajoyib sahifa yozishimiz uchun kerakli sharoitlarni yaratishga qaratganman», — deya Daniloning so‘zlarini keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.

Ўхшаш янгиликлар