
“Bavariya” dastlab “Xaydenxaym”dan ikkita to'p qabul qilib oldi. Budu Zivzivadze (22-daqiqa) va Eren Dinkchi (31) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Leon Gorecka 44 va 57-daqiqadalardp to'p kiritib, dubl qayd etdi. Mehmonlarning gruziyalik forvardi Budu Zivzivadze 76-daqiqada “Xaydenxaym”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, “Bavariya” vingeri Maykl Olise 90+11 daqiqada gol urib, o'yinning durang bilan yakunlashini taminladi.
“Bayer” esa “Leyptsig”ni 4:1 hisobida dog'da qoldirdi. Leverkuzenliklar safida Patrik Shik xet-trik qayd etdi, yana bir gol Natan Tella hisobiga yozildi. “Leyptsig” safida esa Kristof Baumgartner to'p kiritdi.
Bundesligada 32 o'yindan so'ng “Leyptsig” 62 ochko bilan uchinchi, “Bayer” esa 58 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.


