Sherzod Temirov Iroqning boshqa klubi bilan kelishuvga erishdi

  • Mr.NoBoDy 02.05.2026 23:48
  • 198
  • 30

O'zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov Iroqning "Al Karma" jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Arab nashrlaridagi ma'lumotlarga ko'ra, “Arbil” futbolchisi va klub rahbariyati o'rtasidagi muloqot ijobiy yakunlangan bo'lib, tomonlar bo'lajak shartnomaning asosiy shartlari bo'yicha o'zaro kelishuvga erishgan.

Hozirda "Al Karma" Iroq chempionatida 32 ta o'yindan so'ng 53 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 6-pog'onasini band etib turibdi.

Sherzod Temirovning o'zi esa ayni damda chempionatning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turibdi. U 15 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq o'zbekistonlik hujumchining mahalliy futbolchilar foydasiga o'z maoshidan voz kechgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар