"Qizilqum" bosh murabbiyi Islom Kenjaboevning nega asosiy tarkibda tushirilmayotganiga izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 02.05.2026 22:48
  • 551
  • 30

"Qizilqum" bosh murabbiyi Akmal Rustamov navoiyliklarning yetakchilaridan biri Islom Kenjaboevning holati haqida ma'lumot berdi.

"Islom jarohati sabab bir oy muddatga safdan chiqqandi, endi o'zini tiklab o'yinlarga qaytyapti. Biz futbolchilarga 15-20 daqiqa berib sekin-asta qo'shib boramiz. Keyinroq vaqti kelganda asosiy tarkibda tushadi. Uning hozirgi holati yuz foiz yaxshi emas, 20-25 daqiqaga kuchi etadi. Oldinda mavsum uzoq, o'ylaymanki, Kenjaboev o'z gollari bilan muxlislarni hali xursand qiladi", dedi Rustamov.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" vingeri oxirgi marta mart oyida asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Aprel oyini esa jarohati sababli maydon tashqarisida o'tkazdi.

Ўхшаш янгиликлар