
“Arsenal” - “Fulxem” 3:0
Gollar: 9 - Viktor Yokeresh, 40 - Bukayo Saka, 45+4 - Viktor Yokeresh
“Arsenal”: 1. David Rayya, 4. Ben Uayt, 6. Gabriel Magalyayns, 2. Vilyam Saliba, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 41. Deklan Rays, 10. Eberechi Eze, 19. Leandro Trossard, 7. Bukayo Saka (20. Noni Madueke, 46’), 14. Viktor Gyokeresh.
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 3. Kristyan Moskera, 5. Pero Inkape, 16. Kristian Nyorgor, 36. Martin Subimendi, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus, 11. Gabriel Martinelli.
“Fulxem”: 1. Bernd Leno, 3. Kelvin Beyssi, 5. Yoakim Andersen, 33. Entoni Robinson, 21. Timoti Kastan, 20. Sasha Lukich, 32. Emil Smit-Rou, 6. Xarrison Rid, 7. Raul Ximenes, 8. Garri Uilson, 19. Samu Chukveze.
Zaxira: 23. Benjamen Lekom, 2. Kenni Tete, 31. Issa Diop, 15. Xorxe Kuenka, 10. Tom Keyrni, 24. Josh King, 14. Oskar Bobb, 18. Yona Kusi-Asare, 9. Rodrigo Munis.
Ogohlantirishlar: 23 - Sasha Lukich
48. Rasul Ximenesning zarbasi noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+4. GOL! Gyokereshdan dubl! Trossard qarshi hujumga o'tdi, havolatib to'pni markazga uzatdi va Viktor bosh bilan zarba berib, gol urdi!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Ezening uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
44. Go'zal kombinaciya!!! Sakadan super pas bo'ldi Kalaforiga, to'p havolatib uzatildi ammo Gabriel yakuniy zarbani bera olmadi…

40. GOL! Saka hisobni oshirdi! Eze to'pni Yokereshga uzatdi, Viktor esa to'pni Bukayoga berdi va u ajoyib zarba bilan gol urdi!
31. Bilasizmi, “Arsenal” bugun bir-biridan chiroyli hujumlar tashkil etmoqda. Oxirgi vaziyatda ham ketma-ket ikkita chiroyli hujum natijasida to'p darvozaga kirgandi…
30. Ha, bo'ldi, hisob o'zgarmadi.
30. Ie, yo'q, gol urilgan vaziyatda offsayd bo'lgan bo'lishi mumkin, holat VARda ko'rilmoqda.

29. GOL! Kalafori hisobni ikkitaga oshirdi!
27. Ketma-ket zarbalar! Dastlab Gyokeresh tepgan to'pni Leno qaytardi, ikkinchi zarbani Saka berdi, bunisi noaniq ketdi.
24. Birinchi bo'limning yarmidan ko'pi ortda qoldi, biroq “Fulxem” haliyam hujum qilolmadi.
21. Rays jarima zarbasidan to'pni oshirdi, to'p ortga qaytdi, Eze zarba berdi, bunisini ham mehmonlar vakili qaytardi.
14. Trossarddan ikkinchi zarba, bunisi ham noaniq.
13. Yana “Arsenal” oldinga o'tmoqda, Saka yana faol.
10. Bilasizmi, gol urilgan vaziyatda Saka shu qadar zo'r harakat qildiki, chorshanba kuni “Atletiko”ga qarshi o'yindagi tanqidlarni unutish mumkin.

9. GOL! Gyokeresh hisobni ochdi! O'ng qanotdan erlatib uzatilgan to'pni Viktor darvozaga aniq kiritdi!
2. Trossarddan ilk zarba, ammo noaniq bo'ldi.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni “Arsenal” - “Fulxem” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!