
Jurnalist Aaron Ramironing yozishicha, "Chelsi" o'zbekistonlik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. London klubi futbolchining transferini rasmiylashtirishga faol harakat qilmoqda.
"Ko'klar" yozgi transfer oynasi oldidan futbolchining vakillari bilan bog'landi. Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga 2025 yilda "Lans"dan 40 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazdi. Transfermarkt portali Husanovning narxini 35 million evroga baholamoqda.