Robinoning o'g'li "Santos" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi. "Inter" 18 yoshli vingerga qiziqish bildirgan edi

  • Mr.NoBoDy 19.04.2026 14:16
  • 618
  • 30

"Santos" Robinoning o'g'li bilan shartnomani 2031 yilning 30 martigacha uzaytirganini e'lon qildi.

18 yoshli vingerning avvalgi shartnomasi 2027 yilning 30 apreliga qadar mo'ljallangan edi.

Robino Junior 2022 yildan beri "Santos" tizimida. Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan edi. U klub safida jami 24 ta o'yin o'tkazdi.

Yanvar oyida "Inter" Robino uchun 18 million evro taklif qilishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Ўхшаш янгиликлар