TEAMtalk Noyer "Bavariya"ni tark etsa, uning o'rnini bosuvchi darvozabon nomi ma'lum

  • Mr.NoBoDy 06.04.2026 11:00
  • 942
  • 30

"Bavariya" 40 yoshli Manuel Noyer faoliyatini tugatishga qaror qilsa, "Brayton" darvozaboni Bart Verbryuggenni sotib olmoqchi.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, myunxen klubi 23 yoshli niderlandiyalikning nomzodini kejalak uchun mukammal variant sifatida ko'rmoqda.

Shu bilan birga, Verbryuggenning vakillari "Bavariya"ning yakuniy qaroridan qati nazar, kelgusi yozda faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlarini ham faol o'rganmoqda.

Darvozabonga "Tottenxem Xotspur" va "Nyukasl Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum darvozabon barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U jami 37 ta gol o'tkazib yubordi va 7 ta bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan. Darvozabonning "Brayton" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Tranfermartk nashri Bartni 40 million evroga baholagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar