
Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
"Kanonirlar" rahbarlari Chempionship jamoasidan mag'lubiyatni jiddiy qabul qilishgan, lekin bu hozir ispaniyalik mutaxassisni ishdan bo'shatish uchun sabab emas deb hisoblashgan. Rahbariyat Artetani uzoq muddatli istiqbolda loyihani rivojlantirish uchun munosib murabbiy deb biladi. Shunga qaramay, mutaxassisning "Arsenal"dagi taqdiri joriy mavsum yakunlariga bog'liq bo'ladi. Hozirda londonliklar APL turnir jadvalini boshqarmoqda va Chempionlar ligasida davom etmoqda. Poytaxt klubi rahbariyati "Arsenal" ushbu sovrinlardan kamida bittasini qo'lga kiritishiga umid qilmoqda. Agar ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum ham hech bir musobaqada g'alaba qozonmasa, rahbariyat murabbiy bilan xayrlashadi.