
Buni jamoa murabbiyi Pepeyn Leynders tasdiqladi.
31 yoshli portugaliyalik futbolchining "Man Siti" bilan shartnomaci 2026 yil iyun oxirida tugaydi. Silva jamoada 2017 yil yozidan beri o'ynamoqda.
"U jamoani tark etganidan so'ng uni qanchalik muhim futbolchi ekanligini ko'rasiz - bu birinchi o'yindayoq seziladi. Barcha yaxshi hikoyalarning o'z oxiri bo'ladi va men u oxirgi oylardan zavq oladi deb umid qilaman, chunki atigi olti hafta qoldi. U maksimal e'tiborga loyiq.
U o'yinni ajoyib his qiladi. Uni almashtirib bo'lmaydi, chunki bunday o'yinchilar yo'q. Bernardu Silva o'ziga xos. To'pni nazorat qilish, harakat, qabul qilish, o'yinni boshqarish va qaror qabul qilish jihatidan u hech kimga o'xshamaydi", - degan Leynders.