Neymar uzoq muddatga chetlatilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 06.04.2026 08:56
  • 167
  • 30

"Santos" hujumchisi Neymar ayol hakam Savio Pereyra Sampayoga nisbatan ishlatgan nojoyi gaplari uchun 5 tadan 12 tagacha o'yinga diskvalifikaciya olishi mumkin.

Voqea 3 aprelda "Remo"ga qarshi uchrashuvda sodir bo'lgan.

Ispaniyaning Sport.es nashriga ko'ra, yulduz vinger diskriminacion xulq-atvor va hakamlikni ommaviy tanqid qilishda ayblanmoqda.

Ma'lum qilinishicha, o'yindan keyin 34 yoshli futbolchi sariq kartochka olganidan norozi bo'lib, intervyuda hakam haqida yomon gaplar gapirgan. Neymar shuningdek, Sampayoni o'yinchilarga hurmatsizlikda va maydonda o'zini asosiy qahramon qilishga urinishda ayblagan.

Joriy mavsumda olti o'yinda Neymar 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar