A Seriya. "Inter" va "Roma" o'rtasidagi o'yinda 7 ta gol urildi

  • Mr.NoBoDy 06.04.2026 01:56
  • 2486
  • 30

Italiya A Seriyasi 31-tur doirasidagi "Inter" - "Roma" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs milanliklarning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. “Inter” tarkibida gollarga Lautaro Martines (1, 52), Xakan Chalxanoglu (45+2), Markus Tyuram (55) va Nikolo Barella, “Roma” safida esa Janluka Manchini (40) va Lorenco Pellegrini (70) mualliflik qildi.

“Inter” ayni damda Italiya chempionatida 31 o'yindan so'ng 72 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda, undan pastki o'rinda 30 ta o'yinda 63 ochko to'plagan “Milan” ketmoqda. “Roma” esa 31 o'yindan so'ng 54 ochko jamg'argan holda oltinchi o'ringa joylashgan.

Screenshot 2026-04-06 at 01.47.11.png

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar