Angliya kubogi yarim finaliga qur'a tashlandi

  • Mr.NoBoDy 06.04.2026 00:24
  • 837
  • 30

Yakshanba oqshomida o'tkazilgan Angliya kubogining yarim final qur'a tashlash marosimi musobaqa grandlari – "Manchester Siti" va "Chelsi" uchun teng kuchli raqiblarni taqdim etdi.

Qur'a tashlash marosimi oqshomning so'nggi chorak final uchrashuvi – "Vest Xem" hamda "Lids Yunayted" o'rtasidagi bahsdan so'ng bo'lib o'tdi. Asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan mazkur o'yinda penaltilar seriyasida "Lids"ning qo'li baland keldi.

"Manchester Siti" chorak finalda "Liverpul"ni 4:0 hisobida tor-mor etib, musobaqadan chiqarib yuborgan bo'lsa, "Chelsi" uchinchi divizion vakili "Port Veyl" ustidan 7:0 hisobida yirik g'alaba qozondi.

Shu bilan birga, "Sautgempton" Premer-liga peshqadami "Arsenal"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, turnirdagi asosiy sensaciyalardan birini qayd etdi.

Yarim final qur'asi natijasida quyidagi juftliklar shakllandi:

"Chelsi" – "Lids Yunayted"
"Manchester Siti" – "Sautgempton"

Yarim final bahslari 25 va 26 aprel kunlari "Uembli" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar