Soliq mashmashasi. AQSH mundial ishtirokchilarining cho'ntagiga qo'l solmoqda

  • Mr.NoBoDy 05.04.2026 22:56
  • 277
  • 30

"The Guardian" nashri xabariga ko'ra, 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining katta qismi o'z mukofot pullarini sezilarli darajada kamaytirib yuboradigan jiddiy soliq yo'qotishlariga duch kelishi mumkin.

Muammo turnir mezbonlaridan biri (Kanada va Meksika bilan birgalikda) – AQSHning soliq siyosati bilan bog'liq.

FIFA Amerika hukumati bilan Jahon chempionati vaqtida milliy associaciyalarni soliqlardan ozod qiluvchi kelishuvga erisha olmadi. Natijada, 48 ta ishtirokchi terma jamoadan 30 tasi, shu jumladan, O'zbekiston terma jamoasi ham AQSH bilan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish bo'yicha shartnoma yo'qligi sababli o'z mukofot pullarining ma'lum qismini yo'qotish xavfi ostida qoldi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi turnir davomida olingan daromadlardan federal, shtat va shahar soliqlarini to'lashga majbur bo'ladi.

Shu bilan birga, turli shtatlarda turli xil soliq stavkalari amal qiladi: masalan, Kaliforniyada (Los-Anjeles, San-Francisko) soliq miqdori 13,3 foizga yetishi mumkin bo'lsa, Nyu-Jersida (final o'yini bo'lib o'tadigan "MetLife Stadium" stadioni joylashgan shtat) bu ko'rsatkich 10,75 foizni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, guruh o'yinlari "qimmat" shtatlarga to'g'ri kelgan jamoalar ko'proq zarar ko'radi.

FIFA qarori bilan, AQSHda parvozlar va mehmonxonalar narxlarining oshishiga qaramay, delegaciya a'zolari uchun kunlik xarajatlar 2022 yilgi Jahon chempionatidagi 850 dollardan 2026 yilda 600 dollargacha qisqartirildi.

Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 727 million dollarni tashkil etadi, shundan 655 millioni natijalarga qarab terma jamoalar o'rtasida taqsimlanadi. Mukofot pullari taqsimoti quyidagicha:

G'olib – 50 million dollar;

2-o'rin – 33 million dollar;

3-o'rin – 29 million dollar;

4-o'rin – 27 million dollar;

5-8-o'rinlar – 19 million dollar;

9-16-o'rinlar – 15 million dollar;

17-32-o'rinlar – 11 million dollar;

33-48-o'rinlar – 9 million dollar.

Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan har bir jamoa tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha ravishda 1,5 million dollar oladi, yani barcha ishtirokchilar uchun kafolatlangan eng kam miqdor – 10,5 million dollarni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar