Shackix murabbiyligidagi "Aziya" safarda g'alaba qozondi

  • Mr.NoBoDy 05.04.2026 22:08
  • 239
  • 30

Maksim Shackix bosh murabbiyligidagi Qirg'izistonning "Aziya" jamoasi yangi mavsumda o'z ishtirokini davom ettirmoqda.

Qirg'iziston chempionatining dastlabki turlarida jamoa turlicha natijalar qayd etdi. Xususan, 1-tur bahsida "Aziya" kutilmaganda "Talant" klubiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi (klub tarixidagi ilk rasmiy golga Nikolay Agapov mualliflik qildi). Shundan so'ng, "Aldier" jamoasiga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Keyingi turlarga kelib esa "Aziya" o'z natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo'ldi. Dastlab, Qirg'iziston futbolining yetakchilaridan biri hisoblangan "Dordoy" jamoasi 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.

5 aprel kuni bo'lib o'tgan navbatdagi tur uchrashuvida Shackix shogirdlari safarda O'shning "Alay" jamoasi ustidan ham 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

photo_2026-04-05_21-51-18.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar