"Kante transferi uchun Erdo'g'anga rahmat". "Fenerbaxche" prezidentidan kutilmagan bayonot

  • Mr.NoBoDy 04.02.2026 18:08
  • 420
  • 30

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi prezidenti Sadettin Saran franciyalik yulduz Ngolo Kante transferi amalga oshganini elon qildi va bu borada mamlakat prezidentiga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq hujjatlar bilan bog'liq muammolar sabab bu transfer bekor bo'lgani aytilgan edi. Biroq vaziyat ijobiy tomonga o'zgargan ko'rinadi.

Sadettin Saranning bayonoti:

"Klubimiz jahon futbolining eng muhim yulduzlaridan biri Ngolo Kante transferini muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu jarayonda bizni qo'llab-quvvatlagani va Turkiya futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun shaxsan o'z nomimdan va klubimiz nomidan Prezidentimiz Rejep Tayip Erdo'g'anga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, bizga kuch va motivaciya berib turgan "Fenerbaxche"ning buyuk muxlislariga ham rahmat aytaman. Endi maydonda kurashish va g'alaba qozonish vaqti keldi", — dedi Saran.

Shu tariqa, Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasini tark etgan Kante faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар