
"Vest Xem Yunayted" malum qilishicha, transfer summasi kelishilganidan so'ng, Lukas Paketa "Flamengo" klubi bilan tibbiy ko'rikdan o'tish va hamkorlik shartlarini muhokama qilish uchun ruxsat olgan.
"Lukas shaxsiy va oilaviy sabablarga ko'ra Braziliyaga qaytib, 2025 yil iyulda Futbol associaciyasi tomonidan ikki yil davomida ko'rib chiqilgan noto'g'ri xatti-harakatlar bo'yicha ayblovlar olib tashlangach, hayotini qayta boshlashni istayotganini aniq bildirgan. Bu vaziyat unga sezilarli ruhiy bosim keltirgan.
Klub Lukasni qolishga ko'ndirish uchun barcha harakatlarni qilganiga qaramay, u ketish istagida qatiy turdi. Shu bois, bosh murabbiy va klub uning transfer haqidagi iltimosini istamay bo'lsa-da qondirish to'g'risida qaror qabul qildi.
"Vest Xem Yunayted" futbol klubi ushbu imkoniyatdan foydalanib, rahbariyatimiz, futbolchilarimiz, xodimlarimiz va sodiq muxlislarimizga Lukasning klubdagi butun faoliyati davomida, ayniqsa so'nggi ikki yarim yil mobaynida unga ko'rsatgan doimiy va fidokorona qo'llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchi.
Klub hozircha qo'shimcha izoh bermaydi," - deyiladi "Vest Xem" xabarida.
Malumot uchun, Lukas Paketaga qimor o'ynash, o'zi ishtirok etgan uchrashuvlarga pul tikish bilan bog'liq ayblovlar qo'yilgandi. Futbolchini tergovga yordam bermaslikda ham ayblashgan. Yakunda esa Angliya futbol associaciyasi etarli dalillar yo'qligi sabab futbolchini aybsiz deb topib, undan barcha ayblovlarni olib tashlagandi.