Nikki Batt: "Manchester Yunayted"dagi holatni Pep va Klopp ham o'nglay olmaydi"

  • Mr.NoBoDy 03.10.2025 23:56
  • 687
  • 30

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Nikki Battning fikriga ko'ra, jamoadagi holat o'nglanmaydi.

"Klubning asosi quladi. Xo'p, Amorimning bo'shatish mumkindir, lekin o'rniga kim keladi? Hech kim biror nom ayta olmaydi.

Agarda kuchga to'la ser Aleksni olib kelsangiz ham barchasi birdaniga o'nglanib ketmaydi, bu ham vaqtni oladi. Pep va Klopp ham jamoani o'ziga keltira olmasa kerak", - dedi mankunianliklarning sobiq futbolchisi.

MYU ushbu mavsum APLda 6 o'yinda 2 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар