«Barselona» uchun rekord darajadagi taklif ham yordam bermaydi

  • Mr.NoBoDy24.05.2026 19:52
  • 15
  • 30

So‘nggi haftalarda matbuot hujumchi Joao Pedroni «Barselona» bilan faol bog‘lamoqda. Biroq, «Chelsi» braziliyalik futbolchini sotishga tayyor emas.

Jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, hech qanday taklif «Chelsi»ning bu boradagi qarorini o‘zgartira olmaydi. Londonliklar hatto rekord darajadagi taklif kelib tushgan taqdirda ham braziliyalik futbolchini sotmaydi.

24 yoshli Joao Pedro 75 million yevroga baholanmoqda. Hujumchining «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Futbol olamidagi eng rekord transfer Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi bo‘lib qolmoqda. Fransiya chempionati grandi 2017 yilda braziliyalik futbolchini 222 million yevroga sotib olgan edi.

Ўхшаш янгиликлар