
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Jurnalist Gaston Edulning ma’lumotlariga ko‘ra, bir qator jamoalar argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor, biroq faqat «PSJ»gina hujumchi transferi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljigan. Parij klubi futbolchining atrofidagilarga «Atletiko»ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Xulian Alvares 2024 yilda 75 million yevro evaziga «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.