
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn 2027 yil yozida, ya’ni Myunxen klubi bilan shartnomasi yakuniga yetgach, jamoani tark etish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
«Men uchun 2027 yilda «Bavariya»dan ketishga biror sabab bormi? Yo‘q. Men bu yerda juda baxtiyorman. Buni ochiq-oydin bildirganman. Bizda fantastik jamoa bor – hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshilaridan biri, balki eng yaxshisidir. Bizda top-darajadagi murabbiy bor. Men bu yerda o‘tkazayotgan vaqtimdan zavqlanyapman. Avvalo, mavsumni yakunlab olishimiz kerak edi, keyin kelajak haqida gaplashamiz. Ehtimol, Jahon chempionatidan so‘ng bu masalaga yana qaytarmiz. Menimcha, ikkala tomon ham bir-biridan mamnun», — dedi Keyn.
Joriy mavsumda hujumchi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.