
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales shu yoz klubni o‘zgartirishi mumkin. MaxSport ma’lumotlariga ko‘ra, agar London klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z taktik sxemasida markaziy yarim himoyachilarning chuqurroq bog‘lanishidan foydalanishga qaror qilsa, u ispaniyalik futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Niko Gonsales 2025 yilda 60 million yevro evaziga «Portu»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining narxini 45 million yevroga baholamoqda.