
Himoyachi Raul Asensio «Real»dan ketmoqchi emas. Diario AS xabariga ko‘ra, futbolchi Madrid klubidagi o‘zining hozirgi vaziyatini o‘zgartirmoqchi.
U rahbariyatga «Real»ga bo‘lgan sadoqati shubhasiz ekanini aniq bildirgan. Asensio kelgusi mavsumda «qirollik klubi» safida to‘p surishni maqsad qilgan.
Raul Asensio «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda himoyachi «Real» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Asensioning transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda.