Bernardu Silva "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 23:13
  • 15
  • 30

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yozda "shaharliklar" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, Turin klubiga erkin agent sifatida o‘tish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq "Yuventus" uchun Silvani qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi, chunki uning transferiga "Inter" va "Galatasaroy" klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Bernardu Silva 2017 yilda "Monako"dan "Manchester Siti"ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar