
- O'yin yaxshi bo'ldi. "Qizilqum"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli g'alabaga erishishdi. Bu uchrashuv ikkala jamoaga ham hech narsa bermasdi. Shu sababli birinchi bo'limda rotaciya qilib, kam o'ynaganlarga imkoniyat bergandik va ular ishonchimizni oqlay olishmadi. Ikkinchi bo'limda asosiy futbolchilarni maydonga tushirgandik, ular yaxishi o'ynab turishgandi. Ammo "Qizilqum" mahorat va tajriba evaziga o'z gollarini urib ketdi.
- Proligada 5ta universitet jamoalari o'ynamoqda va ularning Superligada o'ynashi uchun resurslari etarlicha emas. Demak, bu jamoalarning Proligada o'ynashidan mano nima?
- O'tgan yili Proligada 6tagina jamoa bo'ldi va barcha 4 martadan bir-biriga qarshi o'ynadi. Bundan mano bormi? So'nggi turlarga kelib, jamoalar bir-biridan bezib qolishdi. Universitet jamoalari ham sovg'a emas. "Lochin" hozir 4-o'rinda bormoqda. Aksincha, ushbu mavsumda Proliganing raqobatbardoshligi darajasi ortdi va bu yaxshi holat. Menimcha bu savol menga berilishi noto'g'ri.

- Raqiblar o'rtasidagi farq va sifat ajralib qolayotgandek.
- Sifat ham keladi. "Qizilqum"ni mag'lub qilgan "QMU Jayxun" ham institut jamoasi. Bu savolni noo'rin va noto'g'ri deb hisoblayman.
- Sizni maydon chetida juda extiroslarga beriluvchan sifatida ko'rdik. Buni Sizning futbolchi bo'lganingiz bilan bog'lasa bo'ladimi?
- Shunday desa ham bo'ladi. Chunki futbolchiligimda agressiv futbolni yaxshi ko'rardim. Hozir jamoamdan ham shuni talab qilyapman. Zamonaviy futbolda agressiya bo'lmasa, futbol o'ynash qiyin va shuni shogirdlarimga ham uqtirishga harakat qilyapman.