Runi Gvardiola haqida: "Ingliz futboli qiyofasini butunlay o'zgartirib yubordi"

  • Mr.NoBoDy 20.05.2026 11:32
  • 314
  • 30

Ueyn Runi Pep Gvardiolaning to'p nazoratiga asoslangan murabbiylik uslubi ingliz futbolida katta inqilobga sabab bo'lganini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida "Manchester Siti" klubini tark etishi ma'lum bo'lgan edi.
"Menimcha, u ingliz futboliga yangi havo olib kirdi. Pep - shunchaki dahshatli mutaxassis va u ingliz futboli qiyofasini butunlay o'zgartirib yubordi. So'nggi 10-15 yil ichida Angliyaga xorijlik futbolchilar va murabbiylar juda ko'p kelishdi. Ammo aynan Gvardiola kelib, butun futbol piramidasini, hatto havaskorlar futbolini ham o'zgartira oldi.
U ingliz futbolining har bir jabhasiga ta’sir o'tkazdi. Odamlar to'pni o'z darvozasi oldidan boshlab o'yinga kiritishni o'rganishdi, hozir bolalar jamoalarida ham himoyadan qisqa paslar orqali hujumga chiqishmoqda", - dedi Angliya milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi.

Ўхшаш янгиликлар