O'zbekiston kubogi. Bugun yana 4 ta uchrashuv bor

  • Mr.NoBoDy 20.05.2026 10:48
  • 1445
  • 30

Bugun O'zbekiston kubogining guruh bosqichining 2 ta guruhida so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Samarqandda "Dinamo" "Lochin"ni qabul qiladi. Guruhning ikkinchi bahsida esa "G'azalkent" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv soat 18:00 ga belgilangan.

Shuningdek, bugun Bekobodda "Metallurg" "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Toshkent viloyatning yana bir jamoasi OKMK esa "Aral"ni mehmon qiladi. Guruhdagi har ikki bahs 19:00 ga belgilangan.

Ўхшаш янгиликлар